Eng faol 100 nafar mahalla yoshlar yetakchilari “Yetakchi Camp”da
Mamlakatimizning turli hududlaridan saralab olingan eng faol 100 nafar mahalla yoshlar yetakchilari Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da o‘tkazilayotgan “Yetakchi Camp” o‘quv-seminarida jam bo‘lishdi.
Mazkur loyiha mahallardagi yoshlar yetakchilarning kasbiy va shaxsiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy boshqaruv, kommunikatsiya, media va innovatsion fikrlash ko‘nikmalari bilan qurollantirishga qaratilgan.
Besh kunlik o‘quv dasturi davomida ishtirokchi yetakchilar “Ibrat farzandlari”, “Mutolaachilar”, “Ustozlar” va “Uzchesschilar” nomli 4 guruhga bo‘linib, HR menejment, soft-skills, loyihalarni boshqarish, jamoaviy ishlash, nutq madaniyati, moliyaviy savodxonlik hamda startap va sun’iy intellekt mavzularida treninglarda faol ishtirok etishmoqda.
Eslatib o’tamiz, “Yetakchi Camp” loyihasida shahrimizdagi Amir Temur nomli mahalla yoshlar yetakchisi Doston Shukrullayev ham ishtirok etmoqda.




