insurez
01-08-2024 11:14

ENERGIYA TEJAMKORLIGI MUHIM MASALA


Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan Respublikamiz Prezidentining 24.05.2023 yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va raqamli energonazorat tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-77-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Kattaqo‘rg‘on shahargaz” va Kattaqo‘rg‘on shahar ETK xodimlari, O‘zenergoinspeksiyasi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda energiya resurslarini iqtisod qilish, debitor qarzdorliklarni undirish ishlari hamda reyd tadbirlarini kuchaytirish, noqonuniy holatlarni aniqlash, fuqarolarga Yoqilg‘i-energetikani tejash bo‘yicha tushunchalar va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, shahar prokurori I.Nuriddinov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari shahrimizning “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, bu boradagi mavjud holatlar o’rganildi.

 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -