insurez
17-02-2025 15:37

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi


Respublika Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlarning navbatdagisi Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘ldi.  Dastlab, ishchi guruh “Kattaqo‘rg‘on Yog‘-moy” A.J.da energiya samaradorligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi. 

Shundan so‘ng Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov tomonidan shahar sektor rahbarlari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida, bu boradagi aniq vazifalar belgilab olindi hamda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, resurslarni tejash va samarali boshqarish choralarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -