insurez
16-09-2024 15:49

Endi o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga yechim bor


Bugun Kattaqo’rg’on shahar hokimligi binosida  O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo’rg’on shahar va Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay tumanlari hokimlik va tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi. Seminar davomida Adliya vazirligi bo‘limi boshlig‘i R.Ko‘charov hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘lim boshlig‘i S.Abdurazzaqovlar Qonunning mazmun-mohiyati va undan kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berishdi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan seminar davomida soha xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savol va masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Teglar
- -