insurez
04-09-2025 18:09

"DO'STLIK" MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI


Bugun shahrimizning “Do'stlik” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi. Sayyor qabul davomida mahalla fuqarolaridan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlar qabul qilindi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan tungi yoritgichlar o’rnatish, kommunal xizmatlar, ish bilan ta'monlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -