insurez
24-04-2025 18:05

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi


Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasurbek Shodiyev hamda shahar Kengashi deputatlari, shahar Savdo-sanoat palatasi rahbari hamrohligida Kattaqoʻrgʻon shahar Goʻzalkent mahallasida boʻlib, fuqarolar yigʻini faoliyatining ish samaradorligini oshirish boʻyicha “Mahalla yettiligi” tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Shuningdek, J.Shodiyev tomonidan ushbu mahallada joylashgan “Chaqmoq yulduzcha” xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda mahalla xududidagi Texnik xizmat koʻrsatish ustaxonasi va xotin-qizlar faoliyat koʻrsatayotgan tikuv sexi koʻzdan kechirildi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashish asnosida mavjud muammolari oʻrganilib, vakolati doirasidagi masalani ijobiy hal etish boʻyicha tegishli choralar belgilanib nazoratga olindi. 

Teglar
- -