insurez
22-02-2025 14:58

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi


Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. 

Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, “Siyosiy-ma’rifat soati” ishtirokchilariga ish yuritish davomida e’tibor qilinishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan tegishli maʼlumotlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -