insurez
29-05-2024 18:10

Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni


Kattaqo'rg'on shahar FVB xodimlari tomonidan yong'inlarni hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlari hamda davlat tasarrufidagi obyektlarda keng ko'lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan aholi ko'p yig'iladigan maskanlar,bozorlar, maktablar, maktabgacha ta'lim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qurilish obyektlari va yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa ko'ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berildi hamda hushyorlikka chorlovchi eslatma va bukletlar tarqatildi.

Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Teglar
- -