CHORDARA MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
Aholi murojaatlarini oʻrganish va ularga yechim topish, shuningdek. hududlardagi muammolarni hal etish oʻtkazilayotgan sayyor qabullardan koʻzlangan asosiy maqsad hisoblanadi.
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Chordara mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan aholi muammolarini o’rganish va murojaatlarini hal etish bo’yicha sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida aholidan oilaviy masalalar, moddiy yordam, uy-joy ta’miri, tibbiy yordam kabi 15 ta murojaatlar o‘rganildi. Ushbu murojaatlarning 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 6 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, mas’ullarga yo‘naltirildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.