Chet tili o‘qituvchilari bilan seminar o‘tkazilmoqda
Ayni vaqtda Kattaqo‘rg‘on shahar 11-IDUM da chet tillarini rivojlantirish hamda sifat samaradorligini oshirish maqsadida shahrimizdagi umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar ochilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Alisher Daminov va AQSh ning Kaliforniya shtati San-Diego shahridan tashrif buyurgan o‘qituvchi Kathleen Kennedy Maura ishtirok etdi.
Tadbir avvalida maktab o‘quvchilari tashrif buyurgan mehmonlarga chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish qilishdi.