“Buyuk turon-1” asari sahnalashtirilmoqda
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri tashabbusi bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (Turksoy) hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida olti mistaqil Turkiy davlatlar ijodkorlari tomonidan “Buyuk turon-1” asari Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida sahnalashtirilmoqda.
Mazkur asarni sahnalashtirish uchun O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Turkiya Respublikalaridan taniqli teatr san’ati ustalari va tarixchi olimlar jalb etilgan. Ushbu ijodiy jarayon bilan tanishish maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti rahbari Sultan Raev hamda Madaniyat vaziri o’rinbosari Yusufjon Usmonovlar Kattaqo’rg’on shahar drama teatriga tashrif buyurib, ijodiy jarayon bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu turk xalqlari tarixini yoritib beruvchi “Buyuk turon-1” spektakli premerasi joriy yilning sentyabr oyining so’ngiga rejalashtirilgan.