insurez
27-04-2024 12:42

Bulung'ur tajribasi o'rganilmoqda


Ayni vaqtda Bulung‘ur tumani 1-sektor hududida “Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodliy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi”ga qaratilgan seminar bo'lib o'tmoqda.

Tadbir doirasida viloyatimizdagi 16 ta tuman (shahar)larning 1-sektor rahbarlari hamda ularning kotiblari Bulung'ur tajribasi bilan tanishmoqdalar. Ushbu seminarda Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova ham ishtirok etmoqda.

Tumanning Olmazor mahallasida 120 o‘rinli «Dilafro‘z» nomli davlat xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Muassasaning ochilishida sektor rahbarlari ishtirok etib, bog‘chadagi sharoit bilan tanishdi. Shuningdek, hududda "Yashil makonʼʼ umummilliy harakati doirasida har bir sektor rahbari ko‘chat o‘tqazdi.

Seminar davom etmoqda….!!!

Teglar
- -