TABRIK
Bugun Samarqand shahrida uchinchi "Ustozlar Milliy forumi” o‘tkazildi. Forum doirasida yil davomida yutuqlarni qo‘lga kiritgan, samarali faoliyat yuritgan ustozlarning mehnatlari e’tirof etildi.
Quvonarlisi, tadbir davomida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan shahrimizdagi 8-MTT tarbiyachisi Zulfiya Xidirova hamda 19- MTT tarbiyachisi Nazira Ochilovalarga ham viloyat hokimlgining tashakkurnomasi topshirildi.
Ustozlarni qutlaymiz va kelgusidagi yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berishdek mashaqqatli va sharafli ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.