Bugun Kattaqoʻrgʻon shahar Servis texnikumi sport zalida oʻsmirlar oʻrtasida erkin kurash boʻyicha “Kattaqoʻrgʻon shahar Prokurori kubogi” musobaqasi boshlandi.
Shahar prokurori Ismoil Nuriddinov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu musobaqada Qirgʻizston va Tojikiston Respublikasi hamda respublikamizning 9 ta viloyatlaridan 460 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etmoqdalar.
Musobaqani ochib berish uchun soʻzga chiqqan shahar prokurori Ismoil Nuriddinov sportchi yoshlar uchun yaratilayotkan imkoniyatlarga toʻxtalib, yoshlarga omadlar tiladi.
Musobaqa yoshlar oʻrtasida sportning kurash turini yanada rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash, yoshlar orasida jinoyatchilikni oldin olish, ularning boʻsh vaqtlarni mazmunli tashkil etish va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan.
Ishonamizki, ushbu oʻsmirlar kelajakda Oʻzbekiston bayrogʻini yuqori koʻtaradigan Osiyo va Jahon chempionlari boʻlib yetishib chiqadi.
Musobaqa koʻtarinki ruxda qizgʻin davom etmoqda.