Boshqaruv Akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tarkibi, tuman (shahar) hokimi o‘rinbosarlari – oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari uchun Prezident Administratsiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan o’quv Qo‘mita faoliyatini rivojlantirish, tizimda ishni to‘g‘ri va samarali tashkil etish, joylarda xotin-qizlar sohasidagi muammolarni yechish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tayinlangan mas’ul xodimlarning ko‘nikma va malakalarini oshirish maqsadi ko’zlangan.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva, Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Bekmurodov, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda OAV xodimlari ham ishtirok etmoqda.