insurez
24-04-2024 17:35

Bosh prokuror o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘on shahrida quriladigan ob’ektlar loyihalarini o‘rgandi


Respublika Bosh prokuror o‘rinbosari Samadov Salom Ismatovich tomonidan qurilishga oid davlat dasturlari ijrosi, shaharda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan byudjet xarajatlarini optimallashtirish va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

Shu jumladan, joriy yilda Kattaqo‘rg‘on shahridagi ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlarni qurilish ishlari sifatli bajarilishi, yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda qurilish ishlarini jadallashtirish, buning uchun avvalo loyiha-smeta hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilib, ekspertiza ko‘rigiga topshirilishi, loyiha hujjatlariga ortiqcha kiritilgan ish turlarini chiqarish orqali harajatlarni optimallashtirish haqida topshiriq berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -