insurez
10-04-2025 16:11

Bosh prokuror o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘on shahrida


Bugun shahrimizda bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari Dilmurod Qosimov viloyat hokimi o'rinbosari Z.Saidova, shahar hokimi G.Alimova hamrohligida Prezidentimizning "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 103-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Navbahor” mahallasidagi “DENIM COLLECTION” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Korxona bir yilda 100 ming dona  trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi. 70 dan ziyod ish o‘rinlari yaratilib, 30 ming dollarlik eksport qilingan. 

Shuningdek, D. Qosimov ushbu mahalladagi “Ayollar  daftari” da turgan, uyida tikuvchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro N.Xudaynazarovaning xonadonida ham bo‘ldi. Fuqaroga o‘zini - o‘zi band qilishi uchun subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi  taqdim etildi.

Prokuror o‘rinbosari aholi bandligini ta’minlash borasida mavjud imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.


 
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -