insurez
17-04-2025 17:58

BITIRUVCHI QIZLAR BILAN SEMINAR O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligi Oilа va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan bitiruvchi qizlar bilan oliy ta’limga jalb etish, erta nikohni oldini olish va kasb-hunar egallashlari borasida seminar tashkil qilindi. 

11- IDUM faollar zalida 4,11,18 va 20- umumta’lim maktablarining bitiruvchi qizlari bilan o‘tkazilgan seminarda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, SamDU KF olima ayollar ishtirok etdi.

Seminarda qizlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishlari, kasb-hunar egallashlari bo‘yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 322, 402 va 585-qarorlari doirasida berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. 

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamiz hamda chet eldagi nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan, xalqaro tanlovlarda, sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan shahrimizdagi iqtidorli qizlar haqida ham  ma’lumotlarni berib o‘tishdi.

Teglar
- -