insurez
08-09-2025 08:35

Birinchi bosqich talabalari uchun konsert dasturi bo'lib o‘tdi


Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika institutida "Talabalikka bag‘ishlov" tadbiri doirasida talabalar oqshomida  konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsert davomida talabalar Andijon shahar madaniyat bo‘limi san'atkorlarining ajoyib kuy va qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldilar.

Konsert dasturi aholi, xususan yoshlarga madaniy xizmat ko‘rsatish borasidagi tadbirlarga hamohang tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning qalbida adabiyot, san'at va madaniyatga mehrini oshirishda ahamiyati katta.

Tadbir yakunida institut rahbariyati tomonidan andijonlik madaniyat xodimlariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Teglar
- -