BIR OILA YARASHTIRILDI
Oilalarni tinch va totuvligi jamiyatning rivojini ta’minlaydi. Shu boisdan ham yurtimizda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ularni baxtiyorlikda va farovonlikda yashashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish muhim masala hisoblanadi.
Shahar hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan nizoli oilalar bilan ishlash, ularni yarashtirish borasida tizimli ishlar tashkil qilingan. Haftaning har chorshanba kuni ana shunday oilalar bilan ishlar olib borilib, oilaviy nizolarni bartaraf etishga erishilmoqda.
Bugun ana shunday xayrli ishlarning natijasi o‘laroq bir oila yarashtirildi. Shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Kuchkarova va boshqa mas’ullar tomonidan berilgan tushuntirish ishlari o‘z natijasini berdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.