BIR NURONIY – O‘N YOSHGA MASʼUL
2-son- Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Bir nuroniy – o‘n yoshga masʼul” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Faol nuroniylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlov yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yoshlar tarbiyasida turli sohalarda faoliyat yuritib bugun keksalik gashtini surayotgan faol nuroniylar tajribasidan, bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘lidan foydalanish, ularni yoshlar bilan yaqindan hamkorlikka chorlash, shuningdek, ajdodlardan meros bo‘lgan ezgu qadriyatlarni targ‘ib etishdan iboratdir.
Ajoyib tarzda bo‘lib o‘tgan tanlov yakuniga ko‘ra Sabohat Negmatova shahar bosqichining g‘olibi bo‘ldi hamda diplom, esdalik sovg‘a va pul mukofoti bilan taqdirlandi. “Qo‘shhovuz” mahallasi raisi sifatida faoliyat yuritgan S.Negmatova endilikda mahallasidagi yoshlarga o‘zining maslahatlari bilan ko‘mak berib kelmoqda.
G‘olibga tanlovning viloyat bosqichida ham omad tilaymiz.