insurez
18-11-2025 15:50

BIR EL, BIR VATAN, BIR BAYROQ


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrining davlat bayrog‘i o‘rnatilgan maydonda Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda sektor rahbarlari, harbiylar, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etish uchun jam bo‘ldilar.

Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokchilarni davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etib, bayrog‘imizning milliy iftixor va mustaqillik ramzi sifatida tutgan o‘rni, xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan ehtirom timsoli ekanligini e’tirof etdi.

Shundan so‘ng harbiy orkestr ijrosida davlatimiz madhiyasi yangradi va davlat bayrog‘i ko‘tarildi. 

Tadbirda so‘z olganlar Vatanimiz bayrog‘i yoshlarda milliy g‘urur, fidoiylik va vatanparvarlikni shakllantirishdagi eng muhim vosita ekanligini takidlashdi.

Shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlarining Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Teglar
- -