insurez
13-12-2025 10:01

BIR BOLAGA YETTI QO‘SHNI OTA-ONA


Jamiyatda doim o‘zining dolzarbligini yo‘qotmaydigan, ozgina loqaydlik tufayli tizginini yo‘qotib qo‘yish mumkin bo‘lgan masalalardan biri - bu farzand xususan, qizlar tarbiyasida odob axloq masalasidir. Shu boisdan ham oilada, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. 

Bugun shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida o‘tkazilgan uchrashuv ushbu masalaga bag‘ishlandi.

⚡️So‘z olgan Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova va mas’ullar qizlarning odob-axloqi, oiladagi muhit, tashqi ta’sirlar, o‘qituvchi pedagoglarning, jamoat tashkilotlarining mas’uliyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, bu borada hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, turli tanlovlarni tashkil qilish lozimligi ta’kidlandi.

Zero, bo‘lg‘usi oila bekalari bo‘lgan qizlarning yuksak ma’naviyatli, odob axloqli bo‘lishi jamiyatni ilmli bo‘lishi,  komil farzandlarning dunyoga kelishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar
- -