insurez
05-09-2024 18:21

Sanoat korxonalari iqtisodiyotni rivojlantirish drayveri


Shahar hokimi Gavhar Alimovaning shahrimizdagi sanoat korxonalari faoliyati va mavjud muammolarini o‘rganish doirasida navbatdagi manzil “Qo’shhovuz” mahallasida joylashgan “Best smart city electronics” MChJ bo‘ldi. 

Bu yerda shahar hokimi o‘simlik moyi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur sanoat korxonasining faoliyati bilan tanishdi. Suhbat davomida korxona rahbari S.Haydarov korxona faoliyati mavsumiylik bilan bog‘liqligi bois keyingi chorakdan to‘liq quvvatda faoliyat yuritishini bildirdi.

Shuningdek, suhbat asnosida bu borada tegishli tavsiyalar berilib, korxonaning xorijiy hamkorlar bilan loyihalar bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishga kelishib olindi.

O’rganishlar davom etmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -