"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2025-yilgi mavsumi tantanali ochildi
Bugun Respublikamizdagi 208 ta tuman-shaharlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi tantanali tarzda onlayn shaklda ochildi.
Shuningdek, Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari bo’limi, shahar sport maktabi bilan birgalikda shahrimiz yoshlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida mazkur olimpiadaga start berildi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilgi mavsum olimpiadasi doirasidagi tanlov va sport mubosaqalariga ishtirok etish uchun 5 tashabbus.uz sayti orqali ro’yxatdan o’ting va ishtirokchilar safidan joy oling.