insurez
03-09-2025 16:49

"BALAND CHORDARA " MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O'RGANILDI


Bugun shahrimizdagi “Baland chordara” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan ichki yo'llarni ta'mirlash, moddiy yordam ajratish, davolanish va nogironlik guruhini belgilash, tungi yoritgichlar o’rnatish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -