AYOL DEPUTATLAR MINBARI
“Yermachit” mahallasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi tashabbusi bilan ayol deputatlarning tajriba almashinuvi deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va yosh ayollarni siyosatga jalb etish maqsadida “Ayol deputatlar minbari” interaktiv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olganlar bugun mamlakatimizda xotin-qizlarning nafaqat, fan, taʼlim, tibbiyot, iqtisodiyotda, balki, siyosiy jarayonlarda ham ishtiroki kengayayotgani, jamiyat rivojida ularning o‘rni va faolligi oshib borayotgani xususida so‘z yuritdilar.
Uchrashuvda ayol deputatlar, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Ayollar targ‘ibot guruhi, “Buvijonlar kengashi” kabi hamkor tashkilotlar tomonidan chiqishlar qilindi.
Uchrashuv interaktiv, yaʼni qizg‘in muloqot, fikrlar almashuvi hamda savol-javobga boy tarzda o‘tdi.
Tadbir so‘ngida ayol deputatlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.