insurez
22-01-2025 09:09

Ayni vaqtda Xitoy davlatida safarda bo'lib turgan shahrimiz hokimi G.Alimova boshchiligidagi Kattaqo'rg'on shahar delegatsiyasi tomonidan Xitoylik investorlar bilan turli yoʻnalishdagi oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.


Xususan, Xinjiang Sanna Jiufa Import & Export Co.ltd rahbari Zhang Na hamda shahrimiz tadbirkori "Xosiyatbonu" XK rahbari Alisher Niyozovlar oʻrtasida umumiy qiymati 500 ming AQSh dollari boʻlgan quruq hamda hoʻl mevalarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -