Ayni kunlarda
Samarqand viloyatida yoshlar muammolarini o’rganish borasida o’tkazilayotgan uchrashuvlar doirasida bugun Kattaqo'rg'on shahrida Respublika Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi I.Raxmatov, viloyat hokimi o'rinbosari H.To’xtayev, viloyat Yoshlar Ishlari boshqarmasi boshlig‘i S.Boboyev hamda Respublika ishchi guruhi vakili Q.Sobirovlar ta'lim muassasalarida yoshlar vakillari bilan uchrashib, ularning takliflari, murojaatlari va muammolarini o’rganishdi.
Xususan, SamDU Kattaqo’rg’on filiali, Kattaqo’rg’on shahar Tibbiyot texnikumi va “Guzal education” o’quv markazida o’tkazilgan uchrashuvlarda yoshlar tomonidan yo‘llangan har bir taklif va murojaatlar mas’ullar tomonidan qayd etilib, tegishlicha ko‘rib chiqilishi belgilandi.