25-07-2024 12:09
Ayni kunlarda
Ayni kunlarda XXR da bo‘lib turgan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova va delegatsiya a’zolari bugun Xinan provinsiyasida investitsion va savdo imkoniyatlar konferensiyasida ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda shahrimiz hokimi Kattaqo‘rg‘on shahrining investitsion salohiyati va imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida yetakchi korporasiyalar bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.