insurez
15-10-2024 11:46

Ashxobodda parlamentlarning Markaziy Osiyo – Koreya formatidagi ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 14-oktyabr kuni Ashxobodda parlamentning Markaziy Osiyo – Koreya formatidagi ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi U Von Shik, Turkmaniston Mejlis raisi Dunyagozel Gulmanova, Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi raisi Nurlanbek Shakiev, Qozog‘iston Majlisi spikeri Yerlan Koshanov, Tojikiston Oliy Majlisi raisi Maxmadtoir Zokirzoda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov va mamlakatlar parlament a’zolari sifatida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, senator Gavhar Alimova ishtirok etdi.

“Tinchlik, farovonlik va o‘zaro ishonch yo‘lidagi sheriklik” yalpi majlisida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibidagi an’anaviy masalalar bilan bir qatorda parlamentlararo muloqot ham muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladilar.

Teglar
- -