Armrestling musobaqasi final bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Samarqandda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqaning yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🗣Musobaqaning so'nggi viloyat bosqichiga yetib kelgan mahalla yoshlarining 64 nafari bugun 55, 65, 75, +75 kilogramm vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashdi. Har bir o‘yin uch raunddan iborat bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi 12 nafar yoshlar g‘oliblikni egallashdi;
✅ 55 kg. toifasida:
1-o‘rin: Azimjon Tursunmurodov (Kattaqo‘rg‘on shahar "Damariq" MFY)
2-o‘rin: Jafar Obloqulov (Samarqand shahar "Go‘ri Amir" MFY)
3-o‘rin: Salohiddin Abdusalomov (Bulung‘ur t. "Beshqo‘ton" MFY)
✅ 65 kg. toifasida:
1-o‘rin: Hasan Nurmurodov (Kattaqo‘rg‘on tumani "Qo'shhovuz" MFY)
2-o‘rin: Shamsiddin Ravshanov (Nurobod tumani "Nurdim" MFY)
3-o‘rin: Islomjon Ahmadov (Kattaqo‘rg‘on shahar "Alisher Navoiy" MFY)
Musobaqa g‘oliblari sport ekipirovlari va diplom bilan taqdirlandi.