insurez
05-10-2024 14:50

Amir Temur mahallasining "O'g'ir toifa"dagi yoshlari doimiy nazoratda


Kattaqo‘rg‘on shahar “Amir Temur” mahallasidagi 31 nafar “Og‘ir” toifadagi yoshlar SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani Anvar Sobirovga biriktirilgan.
Bugun, 5-oktabr kuni A.Sobirov mahallada bo'lib, o'ziga biriktirilgan yoshlar va ularning yaqinlari, maktab mas'ullari bilan uchrashdi.

 Ulardan probatsiya nazoratidagi yoshlar 1 nafar,  muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar 5 nafar,  notinch oila farzandlari 3 nafar, xorijiy migrasiyadan qaytib kelgan yoshlar 14 nafar,  oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar 1 nafar, bezorilikka moyil yoshlar 6 nafar, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga moyil yoshlar 1 nafarni tashkil etmoqda. 

Ushbu “Og‘ir” toifadagi yoshlardan, 6 nafari ishga joylashdi, 3 nafari kasb-hunarga o'qimoqda, 3 nafari to'garaklarga jalb qilingan, 5 nafariga moddiy va boshqa turdagi yordamlar ko'rsatilgan.

Teglar
- -