insurez
19-11-2025 14:57

AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI


Bugun, shahrimizdagi 19 - maktabgacha taʼlim tashkilotida “Mehr va quvonch maskani” nomli Ochiq eshiklar kuni doirasida seminar oʻtkazildi. 

"Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish” mavzusida amaliy tarzda tashkil qilingan seminarda shahar hokimi Gavhar Alimova, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, Kattaqo‘rg‘on Pedagogika instituti o‘qituvchilari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. 

Shahar hokimi muassasadagi mavjud shart-sharoitlar, dars mashgʻulotlarni oʻtish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashdi. 

Seminarda tarbiyalanuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 34 yilligiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, ota-onalar va pedagog xodimlar hamkorligida jismoniy tarbiya musobaqalari, bolalar va ota-onalar bilan birgalikda turli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Teglar
- -