insurez
29-05-2025 11:11

AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI


Shahrimizdagi 16 - maktabgacha taʼlim tashkilotida “Namunali maktabgacha taʼlim tashkiloti” loyihasi doirasida seminar  oʻtkazildi. "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish davri, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish” mavzusida amaliy tarzda tashkil qilingan seminarda shahar hokimi Gavhar Alimova, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. 

Dastlab, muassasadagi mavjud shart-sharoitlarni, dars mashgʻulotlarni oʻtish jarayonlari, shuningdek tarbiyaanuvchilar uchun yozgi sogʻlomlashtirish davrini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. 

Seminar ishtirokchilari muassasada tarbiyalanuvchilarning taʼlim olishlari uchun imkoniyatlarning yaratilganligi ularni barkamollikda voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etishini bildirdalir. 

Shuningdek, bu kabi seminarlar oʻzaro tajriba almashish, yangiliklarni olishlarida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

Teglar
- -