Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
IIB xodimlarining jismonan sog‘lom va yetuk bo‘lishlari muhim hisoblanadi. Shunga ko‘ra ularning sport bilan shug‘ullanishlari va jangovor tayyorgarliklarini oshirish borasida tadbirlar o‘kazilib kelinadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIVning joriy yildagi 2/2-1390-sonli va viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2/2-1839-sonli ko‘rsatmalari talablari viloyat IIB Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan shahar IIB shaxsiy tarkibiga yetkazildi.
Unga ko‘ra, ziddiyatli va nostandart vaziyatlarda “Sambo” usullaridan foydalanish hamda jangovar qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.