Aholiga zamonaviy kasb-hunar o’rgatish yo’lida
2023 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida so‘ngi rusumdagi zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan jihozlangan tumanlararo “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etildi. Markazda 2023 yilda 2000 nafar band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish rejalashtirilib, shundan 2371 nafar aholi kasb-hunarga o‘qitildi va reja 118 % ga bajarilgan. Ushbu o‘quv dargohini tashkil etish jarayoni va bugungi faoliyatida albatta markaz direktori Javlon Kuldashevning xizmatlarini e’tirof etish o‘rinli.
Joriy yilning 2-chorak yakuni bilan markaz direktori J.Kuldashevning jamoa bilan sa’y-harakati natijasida ishsiz va band bo‘lmagan aholidan kasb o‘rganish istagi bo‘lgan fuqarolarning 1700 nafari zamonaviy kasblarga o‘qitib, davlat namunasidagi sertifikatlar topshirilgan.
Shuningdek, Monomarkazda Shvesariyaning “GLOBOGEET” kompaniyasi hamkorligida mutaxassislarni Germaniyaga vaqtincha ishga yuborish loihasi amalga oshirib kelinmoqda.