insurez
10-11-2025 10:45

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.

Kattaqo’rg’on shahrida mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin- qizlar faollari va ijtimoiy xodimlar uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. 

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi hamda shahar statistika bo‘limi xodimlari ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va ularni to‘ldirish tartiblari yuzasidan batafsil tushunchalar berishdi.

 

Teglar
- -