AHOLI MUROJAATLARI O’RGANILDI
Bugun, Kattaqo’rg’on shahar Madaniyat saroyida aholi murojaatlarini o’rganish maqsadida shahar prokurori Ismoil Nuriddinov tomonidan respublika ishchi guruhi vakili S.Kurbankulov va shahar IIB boshlig’i G’.Islomov ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabul davomida aholidan 50 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolardan asosan aliment undirish, gaz ta’minoti, fuqarolik pasporti olish, vasiylik belgilash, uy-joy nizosini hal qilish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 20 dan ortig’i ijobiy hal etildi va qolganlarini ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo’naltirildi.




