insurez
15-05-2024 09:42

TABRIK


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi.

Ushbu ustamaga ega bo‘lganlar orasida Kattaqo'rg'on shahar 6-umumta'lim  maktabining oliy toifali rus tili fani o'qituvchisi Mamatova Yulduz Raupovnani borligi bizni quvontiradi. Biz maktab jamoasi  ustozning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolamiz.

Teglar
- -