insurez
30-04-2024 11:45

9-may- Xotira va qadrlash kuni, umumhalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik


Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda tegishli mas’ullar 1-sektordan ishtirok etdilar.

Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masala ya’ni, 9-may- Xotira va qadrlash kuni, umumhalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish yuzasidan amalga oshiriladigan amaliy chora-tadbirlar, shahardagi mavjud korxonalarning faoliyat yuritishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini eshitdi va zaruriy topshiriqlarni berdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                      

Teglar
- -