insurez
09-12-2025 14:22

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni


Har yili 9-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana korrupsiyaning jamiyat, iqtisodiyot va davlat boshqaruviga yetkazadigan zararlarini esga solish, shu yo‘nalishda xalqaro hamkorlik va milliy saʼy-harakatlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Keyingi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikning amalga oshirilishi, “raqamli boshqaruv” tizimining keng joriy etilishi – bularning barchasi korrupsiyani ildizida bartaraf etishga qaratilgan izchil islohotlardir. 

Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning umumiy masʼuliyatidir.

 

Teglar
- -