🌷8-mart Xotin-qizlar bayrami muborak bo’lsin aziz ayollar!
Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari bo’limi tashabbusi bilan 8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Onalarga ehtirom” nomli tadbir tashkil etildi. Unda shahar hokimi o’rinbosarlari Sh.Kuchkarova va J.G’aniyev ishtirok etib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining mehribon onajonlarini bayram bilan tabrikladi hamda shahar hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alarini topshirdilar.
Yoshlar ishlari bo’limi jamoasi yaqinlashib kelayotgan latofatli va munis ayollarimiz bayrami bo’lgan xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaydi💐💐