insurez
26-09-2025 15:15

2025- yil  9 oy davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi “Bolalarni ijtimoiy ximoya qilish shoʻ'basi” tomonidan tomonidan amalga oshirilgan ishlar


Inson ijtimoiy xizmatlar markazida “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻbasi” tomonidan  2025- yil 1- yanvar kunidan boshlab, bugungi kunga qadar 389 nafar fuqarolarning murojaatlari oʻrganildi. Shundan, 336 nafar fuqarolar “Vasiylik va homiylik” boʻyicha murojaat qilgan. Bugungi kun holatiga 326 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirilib, “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻ'basi” tomonidan xulosalar berilib, Markaz direktori qarori bilan “Vasiylik va homiylik” belgilangan.

24 nafar fuqarolarga hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha huquqiy tushunchalar berilgan.

2025- yil boshidan bugungi kun holatiga 180 nafar ota-onasi chet davlatga chiqib ketgan voyaga etmaganlarning 154 nafariga vasiylik, 26 nafariga esa homiylik tayinlandi. Shundan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 25- oktyabrdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan Kattaqoʻrgʻon shahridagi 1 nafar chin etim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uy- joy bilan ta'minlandi.

2025- yil boshidan buyon 35 marotaba voyaga etmaganlar manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tumanlararo FIB sudlarda ishtirok etildi.

141 nafar voyaga etmaganlarni ota-onasi chet davlatdan qaytganligi sababli belgilangan “Vasiylik va homiylik”  toʻgʻrisidagi qarorlar bekor qilindi.

 

B.QURBONOV,

Kattaqoʻrgʻon shaxar “Inson” ijtimoiy

xizmatlar markazi “Bolalarni  ijtimoiy

                                              himoya qilish shoʻ'basi” mudiri.

Teglar
- -