insurez
04-10-2024 15:06

2024 yilning 3 choragida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlar uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” orqali amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida


Hammamizga ma’lumki 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilangan. Shunga asosan  “Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsumida shahar byudjetining  parametrida ko‘zda tutilgan 5 foiz mablag‘larning 50 foiz miqdorida,  ya’ni  8 mlrd 77 mln so‘m, yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foiz miqdoridagi qismi 906.0 mln so‘m, mening yo‘lim loyihasi doirasida rejalashtirilgan mablag‘lardan 4 mlrd so‘m, iqtisod qilingan mablag‘lar 2 mln 368 ming 106 so‘m jami bo‘lib 12 mlrd 985mln 368 ming so‘m mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirildi. Yil boshiga jamg‘armada 492 mln 712 ming so‘m qoldiq mavjud bo‘lib, jami mablag‘lar 13 mlrd 478 mln 80 ming 106 so‘mni tashkil etdi.

Natijada tashabbusli byudjet jarayonining 1-mavsumida jami mablag‘lar 13 mlrd 385 mln 300 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib,  23 ta loyihalar g‘olib deb topilgan. Fuqarolar tomonidan o‘z xududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha  Openbudget.uz axborot portali orqali  1-bosqichda jami 100 ta loyihalar ilgari surilib, 74 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 23 ta takliflar g‘olib deb topildi.

Jumladan:

Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha 5 ta taklif uchun 1 mlrd 800 mln so‘m, Maktab ta’limi tizimi bo‘yicha 11 ta taklif uchun 5 mlrd 335 mln so‘m, sog‘liqni saqlash sohasida  1 ta taklif uchun 1 mlrd 300 mln so‘m, ichki ko‘chalarni asfaltlashga 1 ta  taklif uchun  1 mlrd 300 mln so‘m, 2 taklif mini stadion barpo etish uchun 750 mln so‘m, 3 ta taklif madaniyat makazlari va dam olish maskanlarini joriy ta’mirlash uchun 2 mlrd 900 mln so‘m   jami bo‘lib 23 ta takliflar uchun 13 mlrd 385 mln so‘m mablag‘lar g‘olib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob varaqlar ochilib, moliyalashtirib berilgan.

Bugungi kun holatiga 4 ta umumta’lim maktablarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarda yetkazib berivchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan maxsulotlarni yetkazib berish davom etmoqda. 1 ta Tibbiyot birlashmasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish loyihasiga 1 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ ajiritilgan bo‘lib, loyiha reestiriga kiritilgan tibbiyot jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha  tibbiyot birlashmasi va “OOO SPINE MED SYSTEMS” o‘rtasida jami qiymati 1 mlrd 299 mln 400 ming so‘mlik shartnomalar imzolangan va tibbiyot jihozlari yetkazib berilgan,7 ta qurulish bilan bog‘liq loyihlarda qurulish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirilgan.10 ta loyihalarda qurulish ta’mirlash ishlari davom etmoqda,Shuningdek 12-umumta’lim maktabining asosiy binosini ta’mirlash loyihasiga mahalliy ekspert tomonidan salbiy hulosa berilganligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq deputatlari kengashining tegishli qarori bilan g‘olib loyihalar qatoridan chiqarildi va ajiratilgan mablag‘lar “Tashabbusli byudjet jamg‘armasi”ga qaytarilishi ta’minlandi.

 

Kattaqo’rg’on shahar Iqtisodiyot va 

moliya bo’limi boshlig’i v.v.b                                                     O.Kadirov

Teglar
- -