insurez
09-07-2024 11:22

2024 yilning 1 yarim yilligida  “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlar uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” orqali amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida


Ma’lumki, respublikamizning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilangan.
Shunga asosan  2024 yilda “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun shahar hokimligi qoshidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 16 mlrd 087 mln so‘m miqdorida mablag‘ rejalashtirilib, shundan 50 foizi ya’ni 8 mlrd 044 mln so‘m mablag‘ 1-mavsumga ajiratilishi rejalashtirilgan, Mening yo‘lim loyihasiga ajiratilgan mablag‘lardan 4 mlrd so‘m, 2024-yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 30 foiz miqdorda, ya’ni 906 mln so‘m, 2023 yilning 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalardan 2 mln so‘m iqtisod qilingan mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirildi. 2024 yilning 1 yanvar holatiga jamg‘armaning hisob varaqidagi qoldiq 492 mln so‘mni tashkil qilgan. Natijada 1-yarim yillikda jamg‘armada jami bo‘lib, 13 mlrd 444 mln so‘m mablag’ shakllantirilgan.
Fuqarolar tomonidan o‘z hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Openbudget.uz axborot portali orqali 1-bosqichda jami 100 ta loyihalar ilgari surilib, 74 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 23 ta takliflar g‘olib deb topildi. 

Jumladan: 

Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha 5 ta taklif uchun 1 mlrd 800 mln so‘m, Maktab ta’limi tizimi bo‘yicha 11 ta taklif uchun 5 mlrd 335 mln so‘m, sog‘liqni saqlash sohasida 1 ta taklif uchun 1 mlrd 300 mln so‘m, ichki ko‘chalarni asfaltlashga 1 ta taklif uchun  1 mlrd 300 mln so‘m, 2 taklif mini stadion barpo etish uchun 750 mln so‘m, 3 ta taklif madaniyat makazlari va dam olish maskanlarini joriy ta’mirlash uchun 2 mlrd 900 mln so‘m jami bo‘lib 23 ta takliflar uchun 13 mlrd 385 mln so‘m mablag‘lar g‘olib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob varaqlar ochilib, moliyalashtirib berilgan.
Bugungi kun holatiga 4 ta umumta’lim maktablarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarda yetkazib berivchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan  maxsulotlarni yetkazib berish davom etmoqda. Tibbiyot birlashmasini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha g‘olib deb topilgan 1 ta loyiha yetkazib berivchini aniqlash bo‘yicha e‘longa joylashtirilgan, 18 ta qurulish bilan bog‘liq loyihlarda loyiha-smeta ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari 2023 yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan va 2024  yilda qurulish ishlari davom etayotgan 1 ta loyiha (Kattasoy ko'chasida yashovchi fuqarolarning tomorqa yerlarini sug'orish (irrigatsiya) tizimi bilan ta'minlash)da ishlar bajarilishi davom etmoqda.

O.Kadirov,

Kattaqo’rg’on shahar Iqtisodiyot va
moliya bo’limi boshlig’i v.v.b        
                                                 
(Yuklash 4,1 Mb)                                         

Teglar
- -