insurez
03-10-2024 14:37

20 DAN ORTIQ MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar "Go‘zalkent" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi hamda shahar sektor rahbarlari tomonidan ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Unda 50 nafardan ortiq fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator murojaatlari bilan ishtirok etishdi. 

Murojaatlar tahlil qilinganda uy-joy kadastri, aliment undirish, sud qarorlari ijrosi, kommunal to‘lovlar, “Ayollar daftari”ga kiritish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, oilaviy masalalar, ijtimoiy yordamlar va boshqa masalalardan iborat bo‘ldi. Qabul davomida mazkur murojaatlarning 20 dan ortig‘i joyida ijobiy hal etildi, yechimi muddat va mablag‘ talab etadigan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Shuningdek, sayyor qabul davomida "Murojaatdan daromadgacha" mezoni bo‘yicha "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 15 nafar fuqarolarga bandligini ta’minlash va daromad olishi uchun zaruriy texnik vositalar topshirildi.

Teglar
- -