2-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING HISOBOT KONSERTI BO‘LIB O‘TDI
Kuni kecha shahar Drama teatrida 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining xisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.
Dastlab, maktabning bitiruvchilari sahnaga taklif etildi va ularga bitirganlik shahodatnomalari topshirildi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan shahar hokimi maktabning muvaffaqiyatlari haqida so‘z yuritdi va ularning kelgusida yanada ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini tiladi.
Maktabni har yili 100 dan ortiq o‘quvchilar 13 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olib bitiradilar. Maktab jamoasi shahar va viloyatning Davlat tadbirlarida o‘z chiqishlari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xalqaro Respublika g‘oliblari Nihol mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan.
Kompozitor Mehroj Muxtorovning "Bahor sog‘inchi" 2024 Respublika ko‘rik- tanlovida ishtirok etgan fortepyano sinfi o‘quvchisi Shohida Dilmurodova faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Toshkent shahrida o‘tkazilgan ko‘p ovozli ansambl va orkestrlarining VIII-xalqaro tanlovida ishtirok etgan maktabning orkestr jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 15 million so‘m pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Albatta, ta’lim muassasasi 2024 yilda Respublika va xalqaro miqyosda yanada ko‘plab oliy o‘rinlarni qo‘lga kiritishni rejalashtirilgan.
Tadbirning badiiy qismini maktabning sobiq bitiruvchisi “Nihol” mukofoti sohibi Malika Akmaljonova ijrosidagi qo‘shiq bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng musiqa maktab o‘quvchilari va jamoasining musiqiy dasturi tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
Hisobot konsertida ishtirok etgan taniqli so‘z ustasi Ortiq Sultonovning chiqishlari ham iliq kutib olindi. Ijro etilgan ajoyib kuy va qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.