insurez
24-06-2024 10:44

15 maktab jamoasi ''Zakovat'' intellektual turniri g’olibi


"Yoshlar festivali" doirasida shahrimizdagi umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida ''Zakovat'' intellektual turniri "Prokuror ligasi"ning 2-mavsumi FINAL o'yini bo'lib o'tdi. Unda 3 oy mobaynida 9 ta tur bo’yicha davom etgan o’yinda saralab olingan 10 ta jamoa qatnashdi.

Natijalarga ko’ra 1 oʻrin – 15 maktab jamoasiga, 2 oʻrin - Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi hamda 3 oʻrin – 11 IDUM jamoasiga nasib etdi.
G’olib jamoalarni qutlagan shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar prokurori Ismoil Nuriddinov ularni kelgusidagi o’qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bundan tashqari, faol ishtiroki uchun qolgan maktab jamoalari hamda kordinatorlar munosib taqdirlandilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -