insurez
09-07-2024 18:28

12 qavatli uylardagi aholi muammolari o‘rganildi


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida muhokama qilingan Kattaqo’rg’on shahar Chinobod mahallasi, Samarqand-Juma yo‘li ko‘chasidagi 12 qavatdan iborat 98-96-94-ko‘p qavatli uylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida ushbu hududda bo’ldilar.

Mazkur uylarda yashovchi aholi bilan suhbatlashilib, mavjud muammolar joyida hal etildi.

Bugungi kunda ushbu uylarning liftlari to‘liq ishlamoqda.

Uylarning yerto‘lasidagi oqava va ichimlik suv tarmog‘i soz holatga keltirilgan, chiqindixonalar to‘liq tozalanib, domiy ravishda chiqarib ketilishi nazoartga olindi.

Shahar hokimi ushbu hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzoralashtirish ishlarini sifatli tashkil etish hamda kelgusida bu boradagi kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

 

 

 

 

Report content on this page

Teglar
- -